Futbol bo‘yicha Italiya chempionatining 21-turi doirasida 26-yanvar, yakshanba kuni 5 ta uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Antonio Konte boshqaruvidagi Milanning “Inter” klubi “Juzeppe Meatssa”da “Kalyari”ni qabul qildi.
Bellashuvning 29-daqiqasida “neradzurrilar” hujumchisi Lautaro Martines hisobni ochgan bo‘lsa, 78-daqiqaga kelib mehmonlar yarim himoyachisi Raja Nainggolan hisobni tenglashtirdi.
Natijada bahs 1:1 hisobida yakunlandi va tomonlar bir ochkodan bo‘lishib oldi.
Ma’lumot uchun, Milan klubi 48 ochko jamg‘argan holda musobaqa jadvalida 2-o‘rinda bormoqda. “Kalyari” esa 31 ochko bilan 6-pog‘onani egallab turibdi.
Turning markaziy o‘yinlaridan birida “Roma” hamda “Latsio” jamoalari o‘zaro kurash olib bordi.
Uchrashuvdagi dastlabki golga “bo‘rilar” hujumchisi Edin Jeko 26-daqiqada mualliflik qilgan bo‘lsa, oradan 8 daqiqa o‘tib “Latsio” himoyachisi Franchesko Acherbi Pau Lopes qo‘riqlayotgan darvozani ishg‘ol qildi.
Shu tariqa “Roma” o‘z maydonida kechgan bahsda “Latsio” bilan durang o‘ynadi (1:1) va bir ochkoga ega bo‘ldi.
Mazkur turdan so‘ng “Roma” 39 ochko to‘plab musobaqa jadvalida 4-o‘rinni band qilib turgan bo‘lsa, undan bir pog‘ona yuqori o‘rinni egallab turgan “Latsio” hisobida 46 ochko mavjud.
A Seriya
21-tur bahslari
26-yanvar, yakshanba
“Inter”—“Kalyari” 1:1
Gollar: 1:0 — 29 Martines, 1:1 — 78 Nainggolan“Parma”—“Udineze” 2:0
Gollar: 1:0 — 19 Galyolo, 2:0 — 34 Kulusevski“Sampdoriya”—“Sassuolo” 0:0
“Verona”—“Lechche” 3:0
Gollar: 1:0 — 19 Davidovich, 2:0 — 34 Pessina, 3:0 — 87, penalti Patssini“Roma”—“Latsio” 1:1
Gollar: 1:0 — 26 Jeko, 1:1 — 34 AcherbiYanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)