Toshkent shahar hokimligida Kobul shahri hokimining o‘rinbosari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Muloqot davomida Toshkent va Kobul o‘rtasida turli sohalarda o‘zaro manfaatli aloqalarni yo‘lga qo‘yish hamda rivojlantirish masalasi muhokama etildi.
Shuningdek, Toshkent bilan birodarlashgan shaharlar ko‘pligini qayd etib, Kobul tomoni ham ularning safiga qo‘shilish niyatida ekanligini bildirdi.
Shuningdek, ayni paytda Kobulda Temuriylar va Bobur davrida qurilgan tarixiy inshootlar borligi qayd etilib, ularni rekonstruksiya qilishda o‘zbekistonlik mutaxassislar maslahati va amaliy yordami ahamiyatli bo‘lishini ta’kidlandi.
Ma’lumot uchun, Toshkent 8 ta shahar bilan birodarlashgan va 14 ta shahar va viloyat bilan strategik hamkorlik aloqalarini o‘rnatgan.
Izoh (0)