Telegram messenjeri o‘zbek segmentida 2019-yilda “bloger” so‘zi eng ko‘p ishlatilganini ma’lum qildi. Bu haqdagi ma’lumot Telegram Analytics Uz loyihasi kanalida chop etildi.
Ma’lumotga ko‘ra, 2019-yilda O‘zbekiston Telegram-kanallarida “bloger” so‘zi 27 mingdan ortiq marta eslangan. Oylar bo‘yicha eslovlar sonini yuqoridagi jadval orqali ko‘rishingiz mumkin. Ushbu so‘z eslab o‘tilgan postlar salkam 159 millionga yetdi.
“O‘zbekistonda oxirgi yillarda so‘z erkinligiga e’tibor qaratilgani ‘bloger’ tushunchasining ommalashishiga olib keldi. Ayniqsa, Telegram messenjerida shaxsiy kanal yuritgan holda faoliyat olib borish urfga aylandi”, – deyiladi xabarnomada.
Eslatib o‘tamiz, yangi yilning birinchi kunida “Daryo” o‘z versiyasiga ko‘ra yil so‘zini e’lon qilgan edi. “Daryo” hisob-kitoblariga ko‘ra, 2019-yilda o‘zbek tiliga shiddat bilan kirib kelgan va ommalashgan yil so‘zi “bloger” bo‘lgan edi.
Izoh (0)