Eronda Ukraina Boeing samolyoti urib tushirilishi bilan bog‘liq voqeaga aloqador sifatida bir necha shaxs qo‘lga olindi, deb yozmoqda Meduza.

Foto: “RIA Novosti”

Reuters’ning xabar berishicha, bu haqda Eron Adliya vazirligi vakili G‘ulomhusayn Ismoiliy ma’lum qilgan. Ammo necha kishi qo‘lga olinganini aytmagan va voqeaning boshqa tafsilotlariga aniqlik kiritmagan.

Ukrainaning Boeing 737 samolyoti 8-yanvar, chorshanba kuni Tehron yaqinida qulagan edi. 11-yanvar, shanba kuni Eron Ukraina samolyotini xatolik sabab urib tushirganini tan olgan.

Samolyotda 176 kishi — 82 nafar eronlik, 63 nafar kanadalik, 11 nafar ukrain, 10 nafar shved, 4 nafar afg‘on, 3 nafar nemis va 3 nafar britaniyalik bo‘lgan. Ularning barchasi halok bo‘lgan.