5-yanvar, yakshanba kuni futbol bo‘yicha Angliya Kubogining 1/32 final uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi.
Frenk Lempard qo‘l ostidagi Londonning “Chelsi” klubi “Stemford Brij”da “Nottingem Forrest”ni sinovdan o‘tkazdi.
Bellashuv davomida “aristokratlar” vakillari Kallum Xadson-Odoi (6) hamda Ross Barkli (33) bittadan golga mualliflik qildi va “Chelsi” 2:0 hisobidagi ishonchli g‘alabaga erishdi va musobaqaning 1/16 final bosqichiga chiqdi.
Joze Mourinyo boshqaruvidagi Londonning boshqa bir klubi “Tottenhem” mehmonda “Midlsbro” bilan bellashdi.
O‘yinning 50-daqiqasida mezbon jamoa hujumchisi Eshli Fletcher hisobni ochgan bo‘lsa, 61-daqiqaga kelib “shporlar” yarim himoyachisi Lukas Moura hisobni tenglashtirdi (1:1).
Natijada londonliklar “Midlsbro” bilan 1:1 hisobida durang o‘ynadi.
Shu kuni Mersisaydning ikki klubi — “Liverpul” hamda “Everton” o‘zaro bahsga kirishdi.
Uchrashuvdagi yagona gol 71-daqiqada urildi. Unga “qizillar”ning 18 yoshli yarim himoyachisi Kertis Jons mualliflik qildi.
Shu tariqa “Liverpul” o‘z maydonida kechgan bahsda “Everton” ustidan 1:0 hisobida ustun keldi va musobaqaning keyingi bosqich yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Angliya Kubogi
1/32 final bahslari
5-yanvar, yakshanba
“Chelsi”—“Nottingem Forrest” 2:0
Gollar: 1:0 — 6 Xadson-Odoi, 1:1 — 33 Barkli“Midlsbro”—“Tottenhem” 1:1
Gollar: 1:0 — 50 Fletcher, 1:1 — 61 Lukas Moura“Liverpul”—“Everton” 1:0
Gol: 1:0 — 71 JonsYanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)