Futbol bo‘yicha Ispaniya La Ligasining 19-turi doirasida 4-yanvar, shanba kuni 2 ta uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Zinedin Zidan qo‘l ostidagi Madridning “Real” klubi safarda “Xetafe”ni sinovdan o‘tkazdi.
Bellashuvning 34-daqiqasida mezbon jamoa darvozaboni David Soriya xatoga yo‘l qo‘ydi va unga tekkan to‘p darvoza to‘ridan joy oldi. 53-daqiqada esa “Qirollik klubi” himoyachisi Rafael Varan hisobni 2:0 ko‘rinishiga olib keldi. O‘yinning so‘nggi daqiqalarida xorvatiyalik Luka Modrich hisobni yirik ko‘rinishga olib keldi.
Shu tariqa madridliklar mehmonda kechgan bahsda “Xetafe”ni yirik 3:0 ko‘rinishida mag‘lubiyatga uchratdi va muhim 3 ochkoga ega bo‘ldi.
Mazkur g‘alabadan so‘ng “Real” ochkolari sonini 40 taga yetkazib oldi va jamoa musobaqa jadvalida peshqadamga aylandi. “Xetafe” esa 30 ochko bilan 7-o‘rinda bormoqda.
La Liga
19-tur bahslari
3-yanvar, juma
“Valyadolid”—“Leganes” 2:2
Gollar: 0:1 — 4 Breytueyt, 1:1 — 8 Unal, 1:2 — 13 Mesa, 2:2 — 79 Unal“Sevilya”—“Atletik” 1:1
Gollar: 0:1 — 15 Kapa, 1:1 — 60, avtogol Nunyes4-yanvar, shanba
“Valensiya”—“Eybar” 1:0
Gol: 1:0 — 27 Maksi Gomes“Xetafe”—“Real” 0:3
Gollar: 0:1 — 34, avtogol Soriya, 0:2 — 53 Varan, 0:3 — 90+6 ModrichYanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)