Rim papasi Fransisk 31-dekabr, seshanba kuni bayram archasini tomosha qilish va maydonga kelgan mehmonlarni olqishlash uchun Vatikandagi Avliyo Pyotr maydoniga chiqqan vaqtida unga qo‘l uzatgan taqvodor ayollardan birining qo‘liga urib yubordi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Pontifik o‘z odatiga ko‘ra, maydonga yig‘ilgan odamlar ko‘rishib, so‘ng o‘z dam olish xonasiga kirib ketmoqchi bo‘lganida, kutilmaganda bir ayol uning o‘ng qo‘lidan tutib qolgan va iltifotsizlarcha papani o‘ziga torta boshlagan. Shunda odatda jilmayib turuvchi papa Fransiskning birdan jahli chiqib, haddini bilmagan ayolni urib qo‘ygan.
Rim papasi 1-yanvar, chorshanba kuni ushbu hodisa uchun, o‘z xatti-harakati uchun uzr so‘radi.
“Sabr — bu muhabbat. Ba’zida, xuddi men kecha yo‘qotganimdek, sabrni yo‘qotib qo‘yamiz. Kecha yomon namuna bo‘lganim uchun bugun uzr so‘rayman”, — dedi pontifik, Yangi yil kirib kelgani munosabati bilan Avliyo Pyotr maydoniga yig‘ilgan dindoshlariga an’anaviy murojaat bilan chiqish qilgan vaqtida.