26-dekabr, payshanba kuni “Andijonneft” AJ tomonidan Andijon viloyati Buloqboshi tumani Uchtepa qishlog‘ida joylashgan “Uchtepa neft va gaz koni”ning 13-sonli gaz qudug‘idan sanoat miqyosida gaz olishga erishildi, deb xabar berdi Energetika vazirligi matbuot xizmati.
Quduqdan gaz qazib olishning kunlik hajmi 100—110 ming kubni tashkil qilmoqda.
Ushbu quduqdan olinayotgan gaz ham “O‘ztransgaz” AJning magistral liniyalari orqali boshqa hudud aholisiga yetkaziladi.
Aholini gaz bilan ta’minlash maqsadida “Andijonneft” aksiyadorlik jamiyati mutaxassislari yana yangi gaz o‘choqlarida qidiruv ishlarini hamda qazib olinayotgan gaz hajmini yanada oshirishga erishish uchun izlanishlarda davom etmoqda.
Ma’lumot uchun, ayni paytda Buloqboshi hududiga berilayotgan gaz miqdorining bir kunlik hajmi 270 ming kubni tashkil qiladi.
“Uchtepa neft va gaz koni”dan olinayotgan gaz miqdori yuqori bo‘lganligi sababli qo‘shimcha 200–230 ming kub hajmdagi gaz “O‘ztransgaz” AJ magistral liniyasiga uzatilmoqda.
Izoh (0)