Futbol bo‘yicha Angliya Premyer ligasining 19-turi doirasida 26-dekabr, payshanba kuni Ole-Gunnar Sulsher qo‘l ostidagi “Manchester Yunayted” “Old Trafford”da “Nyukasl”ni sinovdan o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida mehmon jamoa yarim himoyachisi Mettyu Longstaff (17)ning goliga “qizil iblislar” Antoni Marsyal (24, 51), Meyson Grinvud (36) hamda Markus Reshford (41) tomonidan urilgan gollar bilan javob qaytadi.
Shu tariqa “mankunianlar” o‘z maydonida kechgan bahsda “Nyukasl”ni yirik 4:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi va muhim 3 ochkoga ega bo‘ldi.
Ushbu g‘alabadan so‘ng “Yunayted” ochkolari sonini 28 taga yetkazib oldi va musobaqa jadvalida 7-o‘ringa ko‘tarildi. “Nyukasl” esa 25 ochko bilan 10-o‘rinda bormoqda.
APL
19-tur bahsi
26-tur bahslari
“Manchester Yunayted”—“Nyukasl” 4:1
Gollar: 0:1 — 17 Longstaff, 1:1 — 24 Marsyal, 2:1 — 36 Grinvud, 3:1 — 41 Reshford, 4:1 — 51 Marsyal“Manchester Yunayted”: De Xea, Maguayr, Shou, Lindelyof, Uan-Bissaka, Fred, Maktominey (Pogba, 46), Pereyra, Marsyal (Mata, 67), Grinvud, Reshford (Lingard, 63)
“Nyukasl”: Dubravka, Villems, Sher (Kraft, 88), Fernandes, Mankilyo, Almiron (Yedlin, 63), Longstaff, Longstaff, Lejen, Joelinton, Geyl (Atsu, 59)
Ogohlantirishlar: Maktominey (1), Pereyra (35), Sher (38), Yedlin (81)
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)