Futbol bo‘yicha Italiya A Seriyasining 17-turi doirasida 22-dekabr, yakshanba kuni 3 ta bellashuv yakunlandi.
Jennaro Gattuzo boshqaruvidagi “Napoli” “Sassuolo” maydoniga safar qildi.
O‘yinning 29-daqiqasida mezbon jamoa yarim himoyachisi Hamid Traore hisobni ochgan bo‘lsa, 57-daqiqaga kelib Neapol klubi vakili Allan hisobni tenglashtirdi (1:1). 90+4-daqiqada esa neapolliklar a’zosi Elif Elmaz raqib darvozasiga gol urib, o‘yinga yakuniy nuqtani qo‘ydi.
Shu tariqa bahs 2:1 hisobida “Napoli” foydasiga yakunlandi va jamoa muhim 3 ochkoga ega bo‘ldi.
Mazkur g‘alabadan so‘ng “Napoli” 24 ochko jamg‘argan holda musobaqa jadvalida 8-o‘ringa ko‘tarilib oldi. “Sassuolo” esa 19 ochko bilan 13-o‘rinni egallab turibdi.
A Seriya
17-tur bahslari
22-dekabr, yakshanba
“Lechche”—“Bolonya” 2:3
Gollar: 0:1 — 43 Orsolini, 0:2 — 56 Soriano, 0:3 — 66 Orsolini, 1:3 — 85 Al-Babakar, 2:3 — 90 Farias“Parma”—“Breshiya” 1:1
Gollar: 0:1 — 72 Balotelli, 1:1 — 90 Grassi“Sassuolo”—“Napoli” 1:2
Gollar: 1:0 — 29 Traore, 1:1 — 57 Allan, 1:2 — 90+4 ElmazYanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)