Futbol bo‘yicha Klublar o‘rtasidagi Jahon Chempionatining final bahsida 21-dekabr, shanba kuni Yurgen Klopp qo‘l ostidagi “Liverpul” Braziliyaning “Flamengo” jamoasiga qarshi maydonga tushdi.
Uchrashuvdagi yagona gol 99-daqiqada urildi. Unga mersisaydliklar hujumchisi Roberto Firmino mualliflik qildi.
Shu tariqa “Liverpul” “Flamengo”ni kichik 1:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, o‘z tarixida ilk bor mazkur musobaqada g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.
Eslatib o‘tamiz, “qizillar” so‘nggi bor 2005-yilda Klublar o‘rtasidagi Jahon Chempionatining finalida ishtirok etgandi. Biroq jamoa o‘shanda “San-Paulu” jamoasiga 0:1 hisobida imkoniyatni boy bergandi.
Klublar o‘rtasidagi JCh
Final bahsi
21-dekabr, shanba
“Liverpul”—“Flamengo” 1:0
Gol: 1:0 — 99 Firmino“Liverpul”: Alisson, Aleksander-Arnold, Gomes, Robertson, van Deyk, Keyta (Milner, 100), Oksleyd-Chemberlen (Lallana, 75), Xenderson, Mane, Saloh (Shaqiri, 120), Firmino (Origi, 105)
“Flamengo”: Diyego Alves, Rafinya, Filipe Luis, Mari, Rodrigo Kayo, de Arraskaeta (Vitinyo, 77), Jerson (Linkoln, 102), Everton Ribeyro (Diyego, 82), Arao (Berrio, 120), Gabriel Barboza, Bruno Enrike
Ogohlantirishlar: Mane (45), Saloh (81), Vitinyo (90), Firmino (100), Milner (105), Diyego (112)
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)