Futbol bo‘yicha Germaniya chempionatining 17-turi doirasida 21-dekabr, shanba kuni 5 ta bellashuv bo‘lib o‘tdi.
Xans-Diter Flik qo‘l ostidagi Myunxenning “Bavariya” klubi o‘z maydonida “Volfsburg”ni sinovdan o‘tkazdi.
Uchrashuvning 85-daqiqasida “qizillar” hujumchisi Joshua Zirkzeye hisobni ochgan bo‘lsa, oradan 4 daqiqa o‘tib myunxenliklar yarim himoyachisi Serj Gnabri hisobni 2:0 ko‘rinishiga olib keldi.
Shu tariqa Myunxen klubi o‘z uyida kechgan bahsda “Volfsburg”ni 2:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi va muhim 3 ochkoga ega bo‘ldi.
Ushbu g‘alabadan so‘ng “Bavariya” ochkolari sonini 33 taga yetkazdi va musobaqa jadvalida 3-o‘ringa ko‘tarilib oldi. “Volfsburg” esa 24 ochko bilan 9-o‘rinni egallab turibdi.
Bundesliga
17-tur bahlari
21-dekabr, shanba
“Bavariya”—“Volfsburg” 2:0
Gollar: 1:0 — 85 Zirkzeye, 2:0 — 89 Gnabri“Leypsig”—“Augsburg” 3:1
Gollar: 0:1 — 8 Niderlexner, 1:1 — 68 Laymer, 2:1 — 79 Shik, 3:1 — 89 Poulsen“Mayns”—“Bayer” 0:1
Gol: 0:1 — 90 Alario“Shalke-04”—“Frayburg” 2:2
Gollar: 1:0 — 26 Serdar, 1:1 — 54, penalti Petersen, 1:2 — 67, penalti Grifo, 2:2 — 80 Kutuju“Kyoln”—“Verder” 1:0
Gol: 1:0 — 39 KordobaYanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)