O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi va Sirdaryo viloyati Maktabgacha ta’lim boshqarmasi Toshkent shahri va Sirdaryo viloyatidagi turli ko‘rinish va uslubga ega bo‘lgan zamonaviy bog‘chalar faoliyatini o‘rgandi.
Poytaxtdagi 324-sonli modul guruhli tashkilot 4 guruh va 120 o‘ringa ega bo‘lib, keyinchalik MTT tashkil etish qimmatga tushuvchi va shu bilan birga unga ehtiyoj bo‘lgan joylarga oson ko‘chirib o‘tish imkonini beruvchi to‘rtta “Dengiz konteyneri” guruhini tadbiq etgan. “Dengiz konteyneri” xona jihozlari turli havo sharoitiga chidamli, ekologik toza va zararsiz materiallardan tayyorlangan va yengil harakatlanuvchiligi uchun bir joydan boshqa joyga ko‘chirish oson bo‘lgan mebellar bilan jihozlangan. Masalan, bolalar uchun krovat taxminan 2,5 killogramni tashkil etib, uni hatto bolalarning o‘zi ham istalgan joylariga olib bora oladi. Qisqa muddatli Ta’lim tarbiya jarayoni Koreya dasturi asosida tashkil etilgan bo‘lib, turli yoshdagi bolalar istalgan mashg‘uloti bilan shug‘illanadi. Agar bolada mantiqiy fikrlash ustunlik qilsa, demak u aynan shunday mashg‘ulotlarga yo‘naltiriladi.
Xususiy tadbirkor joriy yilning iyun oyida o‘z hovlisida 25 ta o‘ringa ega bir guruhli MTTning oilaviy turini tashkil etgan. Ushbu faoliyat “Ilk qadam” davlat dasturi asosida amalga oshiriladi. Bu MTTni tashkillashtirish uchun alohida litsenziya talab etilmaydi va tadbirkor davlat tomonidan kafolatlangan bir qancha imtiyozlarni qo‘lga kiritadi. Bog‘cha mebellari, tarbiyachi va yordamchi tarbiyachi oylik maoshi, bolalarning kunlik taomnomasi davlat budjeti tomonidan to‘lanadi.
Bundan tashqari, elektr toki va gaz to‘lovlarining 50 foizi ham davlat tomonidan imtiyozli qoplanadi. U maktabgacha ta’limga muhtoj bolalar soni ko‘p, ammo qurish imkoniyati yo‘q joyda barpo etilgan va qo‘shimcha ish o‘rinlarini yaratgan. Unga kvota asosida 70 foiz ijtimoiy ko‘makka muhtoj oila farzandlari oyiga 72 ming so‘m to‘lab (ba’zi hollarda oila sharoitidan kelib chiqib bepul bo‘lishi ham mumkin), qolgan 30 foiz bola 150 ming so‘m to‘lab, ta’lim-tarbiya oladi.
– “Oilaviy tadbirkorlik faoliyatimizni boshlaganimizga 3 oy bo‘ldi. Bunda davlat bizni yumshoq o‘yinchoqlar, mebellar bilan ta’minlab, katta yordam qildi. Hozir 25 ta bola mavjud bo‘lib, ulardan 70 nafari ijtimoiy ko‘makka muhtoj oila farzandlari sanaladi. Bog‘chada tarbiyachi, yordamchi tarbiyachi, oshpaz va tashkiliy ishlarga javobgar shaxs faoliyat olib boradi. Tarbiyachi 1.200.000, yordamchi tarbiyachi 850.000 so‘m oylik oladi”, – deydi uy bekasi, hozirda bog‘chaning tashkiliy ishlariga javobgar Qosimova Muhabbat Baxtiyorovna.
2018-2019-yillar davomida davlat xususiy sherikchilik shakllari bo‘yicha 1457 ta bitm imzolangan bo‘lib, bugun ulardan 500 tasi o‘z faoliyatini boshlagan. Ularni turiga qarab, ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarni qamrab olish darajasi belgilanadi. Davlat tomonidan tadbirkorga beriladigan imtiyozlar shundan iboratki, 15 yilga 3 yil imtiyozli davr bilan bir xil 1 foizli kredit mablag‘lari ajratiladi. Hozirda Sirdaryo viloyatida 15 ta davlat xususiy sherikchilik bog‘chasi ochilgan bo‘lib, yil yakuniga qadar ular soni 25 taga oshirilishi rejalashtirilgan.2019-yil, noyabr oyidan beri faoliyat yurituvchi “Aqlvoy” 3—7 yoshli bolalarni qamrab oluvchi ushbu mobil guruhi avtobusda tashkil etilgan. Unda bolalar ikki smenada tushlikkacha va tushlikdan keyingi vaqtlarini samarali o‘tkazadi. Ushbu ko‘chma MTT kun tartibiga ovqatlanish kiritilmagan bo‘lsada, ular uydan olib kelgan yeguliklarini isitib yeyish imkoniga ega.Xakimov Abdug‘ulom, MTV boshqarma boshlig‘i
Avtobus saloni bolalarga qulay sharoitga ega, turli havo sharoitlariga moslashtirilgan. Unda bolalar “Ilk qadam” davlat darsligi asosida ta’lim oladi, ko‘nikmalarini shakllantiradi. Darslar havo iliq bo‘lgan hollarda tashqariga o‘rnatilgan maydonchalarda, sovuq bo‘lganda esa konditsioner o‘rnatilgan issiq avtobus salonida olib boriladi. Konditsioner tabiiy quyosh energiyasidan tok oladi.
Ushbu ko‘chma MTTni tashkillashtirishdan asosiy maqsad – bolalar uchun bog‘cha tashkil etish qiyin bo‘lgan joylarda muddatli ta’lim-tarbiya ishlarini olib borishdan iborat.
Izoh (0)