O‘zbekiston Prezidenti 9-dekabr, dushanba kuni “Yo‘l sohasini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi. Bu haqda Spot xabar berdi.
Qarorda “O‘zavtosanoat” kompaniyasiga samosvallar ishlab chiqarishni tashkil qilish vazifasi yuklatilgan. Ishlab chiqarishni yetakchi xorijiy kompaniyalarni jalb qilgan holda tashkil qilish rejalashtirilmoqda.
Qayd etilishicha, samosvallar yuqori sifatli va arzon narxli bo‘lishi, ichki bozor talablarini qondirish uchun yetarli darajada bo‘lishi kerak.
Shuningdek, mazkur qarorga asosan O‘zbekistonga import qilinadigan elektromobillar bojxona bojidan qaytadan ozod qilindi. Mamlakatga olib kiriladigan elektr avtobuslar, yuk mashinalar va motosikllar uchun nol foizli bojxona boji joriy qilindi.