Andijon viloyatida 2019-yil boshidan buyon 1205 nafar shaxsga O‘zbekiston fuqaroligi pasportlari topshirildi. Bu haqda Andijon viloyat IIB “Daryo”ga ma’lum qildi.
Andijon viloyati ichki ishlar boshqarmasida OAV vakillari uchun o‘tkazilgan brifingda shu mavzuda so‘z bordi. Viloyat IIB migratsiya va fuqarolikni rasmilashtirish boshqarmasi boshlig‘i, podpolkovnik M.Rahimov tadbir qatnashchilariga bu borada amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berdi.
Tadbir yakunida viloyatda istiqomat qilib kelayotgan 15 nafar fuqaroligi yo‘q shaxsga O‘zbekiston fuqaroligi pasporti topshirildi.
Ma’lum qilinishicha, so‘nggi yillarda O‘zbekiston Prezidentining 53 ta farmon bilan 9443 nafar shaxs O‘zbekiston fuqaroligini oldi. Ularning 1916 nafarini Andijon viloyatida yashovchilar tashkil qiladi.
Izoh (0)