Bundan 27 yil avval — 1992-yilning 3-dekabr kuni insoniyat tarixidagi ilk SMS yuborilgan. Keyingi o‘n yilliklar davomida ushbu “qisqa xabarlar xizmati” mobil aloqaga bog‘liq hayotimizning ajralmas bir qismiga aylandi. O‘z vaqtida SMS’lar mobil aloqa operatorlar uchun yaxshigina daromad manbai bo‘lgani ham sir emas.

O‘z navbatida, tan olish kerak, so‘nggi vaqtlarda internetning ommaboplashuvi, yangidan yangi muloqot xizmatlari, messenjerlarning paydo bo‘lishi bilan SMS xizmati o‘z dolzarbligini yo‘qotdi. Bugun u asosan u yoki bu internet-xizmatdan foydalanishda tasdiqlash kodini qabul qilish yoki parolni qayta tiklashda kerak bo‘lmoqda, xolos.

Shaxsiy kompyuterdan Buyuk Britaniyaning Vodafone operatori GSM tarmog‘ida ishlovchi mobil telefonga yuborilgan tarixdagi ilk SMS atigi ikki so‘zdan: “Merry Christmas” (“Rojdestvo muborak”) tabrigidan iborat edi. “Daryo” esa Twitter’ning o‘zbekistonlik foydalanuvchilaridan ular so‘nggi vaqtlarda qabul qilgan eng qiziqarli (ham kulgili) SMS’larning skrinshotlarini so‘radi.

Tvitterchilar favqulodda faollik ko‘rsatishdi. Fursatdan foydalanib, jarayonda qatnashgan barcha foydalanuvchilarga minnatdorchilik bildiramiz!

Oldindan taxmin qilish mumkin bo‘lganidek, ko‘pchilik foydalanuvchilarda kiruvchi SMS’lar papkasi taxminan shunday ko‘rinishda:

Aksariyat ayollar SMS xizmatidan erlariga u yoki bu narsalarni olib kelish bo‘yicha buyurtma berishda foydalanadi. Ha, hali ham:

https://twitter.com/Bozorchimen/status/1201594577309831168

Bundan tashqari, SMS to‘y, osh, choyxona tadbirlari qachon, qayerda bo‘lishi haqidagi dolzarb xabarlarni yetkazishda hali ham asosiy ko‘makchi:

Qarz so‘rashda ham SMS’ning o‘rni beqiyos:

SMS’lar senga ba’zan millioner va hatto milliarderga aylanganing haqida xabar yetkazib turadi. Xato, ha, lekin qanday yoqimli!

Pul masalasida xato SMS kelsa mayli, lekin adashib yozsangiz, ko‘pincha kulgiga qolasiz:

Internet ishlamay qolgan dam, yechim yo‘q zo‘rroq SMS’dan!

Aytmoqchi, agar kimdir qo‘ng‘irog‘ingizga javob berishi (yoki sizga telefon qilishi) yoki Telegram‘dan yozgan xabaringizga e’tibor qaratishi kerak bo‘lsa, albatta SMS yozing:

Va boshqa shedevrlar: