Gonkongda hukumatga qarshi norozilik bildirayotgan yuzlab namoyishchilar shahar markazida to‘planib, AQShda qabul qilingan “Gonkongda inson huquqlari va demokratiya to‘g‘risidagi” qonunning qabul qilinganini nishonladi. Aksiya Edinburg-pleys xiyobonida tinchgina o‘tgan. “TASS”ning xabar berishicha, namoyishchilar AQSh bayroqlarini ko‘tarib olib, turli qo‘shiqlarni kuylamoqda.
“Biz prezident Donald Tramp hamda Qo‘shma Shtatlardan bizning mustaqillik va demokratiya uchun qilgan kurashimizni qo‘llab-quvvatlaganligi uchun minnatdormiz. Amerikaning biz bilan ekanligi odamlarni yanada ruhlantirib yubordi”, — deydi tadbirda ishtirok etayotgan 22 yoshli talaba.
Mavzuga doir:
Gonkong hukumati Oq uyning ushbu qonunni imzolagani va megapolis ichki siyosatiga aralashganini qoralagan. Ular ushbu hujjatning norozilik bildirayotganlarga yolg‘on bilan aldab qo‘yishi, maxsus administrativ viloyatda vaziyatni yaxshilashga xizmat qilmasligini bildirgan.