Futbol bo‘yicha Italiya A Seriyasining 13-turi doirasida 24-noyabr, yakshanba kuni 4 ta o‘yin bo‘lib o‘tdi.
Paulu Fonseka qo‘l ostidagi Rimning “Roma” klubi o‘z maydonida “Breshiya”ni sinovdan o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida rimliklar jamoasi vakillari Kris Smolling (49), Janluka Manchini (57) hamda Edin Jeko (66) birin-ketin raqib darvozasini ishg‘ol qildi.
Shu tariqa o‘yin 3:0 hisobida “Roma”ning yirik g‘alabasi bilan yakunlandi.
Mazkur g‘alabadan so‘ng “Roma”ning ochkolari soni 25 taga yetdi va jamoa musobaqa jadvalida 4-o‘rinda bormoqda. So‘nggi o‘rindagi “Breshiya” hisobida esa 7 ochko mavjud.
A Seriya
13-tur bahslari
24-noyabr, yakshanba
“Bolonya”—“Parma” 2:2
Gollar: 0:1 — 17 Kulusevski, 1:1 — 40 Palasio, 1:2 — 71 Yakoponi, 2:2 — 90 Jemaili“Verona”—“Fiorentina” 1:0
Gol: 1:0 — 66 Di Karmine“Roma”—“Breshiya” 3:0
Gollar: 1:0 — 49 Smolling, 2:0 — 57 Manchini, 3:0 — 66 Jeko“Sassuolo”—“Latsio” 1:2
Gollar: 0:1 — 34 Immobile, 1:1 — 45 KaputoYanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)