Futbol bo‘yicha Fransiya chempionatining 14-turi doirasida 22-noyabr, juma kuni Tomas Tuxel boshqaruvidagi Parijning PSJ klubi o‘z maydonida “Lill”ni sinovdan o‘tkazdi.
Bellashuvning 17-daqiqasida Parij klubi hujumchisi Mauro Ikardi hisobni ochgan bo‘lsa, 31-daqiqaga kelib argentinalik yarim himoyachi Anxel Di Mariya Yulian Draksler uzatmasini golga aylantirdi.
Shu tariqa PSJ o‘z uyida kechgan bahsda “Lill” ustidan ishonchli g‘alabaga erishdi va 3 ochkoga ega bo‘ldi.
Mazkur g‘alabadan so‘ng PSJ ochkolari sonini 33 taga yetkazib qo‘ydi jamoa va musobaqa jadvalida yaqqol yetakchilik qilmoqda. 7-pog‘onada borayotgan “Lill” hisobida esa 19 ochko mavjud.
Liga 1
14-tur bahsi
22-noyabr, juma
PSJ—“Lill” 2:0
Gollar: 1:0 — 17 Ikardi, 2:0 — 31 Di MariyaPSJ: Navas, Tiago Silva, Menye (Dagba, 65), Kimpembe, Markinyos, Guyye, Draksler, Di Mariya, Bernat, Neymar (Mbappe, 65), Ikardi (Kavani, 78)
“Lill”: Menyan, Reynildu, Gabriel, Fonte, Chelik, Sheka (Sanshesh, 61), Sumare, Ikone (Remi, 70), Andre (Yaziji, 78), Luis Araujo, Tiagu Jalo
Ogohlantirishlar: Kimpembe (20), Menye (30)
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)