Filippinda o‘smir yigit singlisini timsoh changalidan qutqarib qoldi. Bu haqda Daily Mail nashri xabar berdi.

Foto: AAPImages

Palavan viloyatida yashovchi 12 yoshli Xaina Liza Xose Xabiga, u daryodagi ko‘prikdan o‘tayotgan vaqtda 4 metr uzunlikdagi timsoh hujum qilgan.

Timsoh qizni suv ostiga tortib ketishga urinayotgan paytda, 15 yoshli Hoshim singlisining baqirganini eshitib qolgan. Yigit timsohga toshlar uloqtirishni boshlagan va qishloq aholisi yordamga yetib kelguniga qadar o‘z hujumlari bilan vahshhiyni chalg‘itgan.

Oyog‘ida chuqur yara hosil bo‘lgan Xabi darhol shifoxonaga yetkazildi, uning holati ancha yaxshi. Qiz timsoh hujumi natijasida o‘lim bilan yuzma-yuz kelganini tan olgan.

Politsiyachilar yana boshqa odamlarga ham ziyon-zahmat yetmasligi uchun tajovuzkor timsohni izlash ishlarini boshlab yuborgan.

Avval Filippinning Balabak orolida taroqsimon timsoh qayiqdagi bolaga hujum qilib, uni yutib yuborgani, Sharqiy Afrikadagi Viktoriya ko‘lida do‘stlari bilan cho‘milayotgan tanzaniyalik 12 yoshli bola timsohga yem bo‘lgani, shuningdek, Zimbabvening Xvange shaharchasida 11 yoshli qizcha dugonasini timsoh hujumidan qutqarib qolgani haqida xabarlar berilgan.

Foto: Daily Mail

Foto: Daily Mail

Foto: Daily Mail

Foto: Daily Mail

Foto: Daily Mail