7-noyabr va 8-noyabr tongida Toshkent shahridagi meteorologik sharoitlar shaharning havo muhitida bir oz zararli moddalar yig‘ilishiga imkoniyat yaratdi, deb yozadi O‘zgidromet matbuot xizmati.
Statsionar postlarning kuzatuv ma’lumotlariga ko‘ra quyidagi tumanlarda havoning ifloslanishi bir martalik maksimal ruxsat etilgan me’yor (REM b.m.) dan ortgani qayd etilgan.
Azot dioksidi bo‘yicha:
Chilonzor tumanida REM b.m.dan yuqori 1 holat kuzatildi.
Boshqa tumanlarda olingan ma’lumotlar bo‘yicha zararli moddalar miqdori ruxsat etilgan me’yor (REM b.m.)dan yuqori bo‘lgani kuzatilmadi.
12-noyabr va 13-noyabr tongida Toshkent shahrining ob-havo sharoiti shahar havo muhitida zararli moddalarning saqlanib turishiga imkoniyat yaratadi.
Telegram’dagi “Tashkent vokrug” kanalida poytaxtning samolyot ichidan olingan surati e’lon qilindi. Aynan ushbu surat ham Toshkent havosining avvalgidek toza emasligini ko‘rsatib turibdi. Chunki unda poytaxt osmonidagi tutunsimon chiziqni ko‘rish mumkin.