Biz raqamli texnologiyalarning jadal rivojlanishi va jamiyatning barcha sohalarini kompyuterlashtirish davrida yashayapmiz. Kompyuterlar, yuqori texnologiyalar, axborotlashtirish va gollivud blokbasterlarining uzoq kelajak haqidagi raqamli transformatsiyalari bugungi kunda bizning voqeligimizga aylandi. Dunyo bo‘ylab Boshqaruv axborot tizimlari (BAT) yirik kompaniyalar va milliy tashkilotlarning barcha biznes jarayonlarining samarali muvofiqlashtiruvchisiga aylandi.
O‘zbekistondagi eng yirik investorlardan biri – LUKOYL neft kompaniyasi ham bundan mustasno emas va axborot texnologiyalarining rivojlanishi bilan hamqadamdir. Mana 10 yildirki “LUKOYL Uzbekistan Opereyting Kompani” (LUOK) tashkilotida dunyoda korporativ dasturlarni ishlab chiqarishda yetakchi bo‘lgan SAP kompaniyasining Enterprise Resource Planning (ERP) turidagi axborot tizimidan samarali foydalanib kelinmoqda. ERP tizimi xodimlar va atrof-muhit uchun to‘liq xavfsizlikni ta’minlash bilan birga ishlab chiqarish hajmi va samaradorligini oshirishga yordam beradi.
LUKOYLning SAP ERP tizimi iqtisodiy nuqtayi nazardan tanlab olingan va SAP yechimlarini amalga oshirishda muvaffaqiyatli dunyo tajribaga asoslangan. Bugungi kunda “LUKOYL-Uzbekistan”ning 500dan ortiq xodimi SAP tizimining foydalanuvchilari bo‘lib ish yuritadilar. Ofisning ishlashi uchun yagona axborot maydoni yaratildi, bu esa qog‘oz hujjatlarda ish yuritilishini kamaytirish, xodimlarni o‘xshash ma’lumotlar va qayta-qayta kiritish zaruriyatidan xalos qildi. Kompaniya rahbariyati real vaqt rejimida korxona faoliyati to‘g‘risida ma’lumot oladi.
LUKOYLda SAP ERP ga asoslangan BATning joriy etilishi uskunalardan foydalanish va ularni ta’mirlash, tovarlar, ishlar va xizmatlarni sotib olish xarajatlarini kamaytirish, omborxonalarni optimallashtirish va ichki nazorat mexanizmlarining samaradorligini oshirish imkonini berdi.
Alohida ravishda, kompaniya aktivlarini texnik ko‘rikdan o‘tkazish va ta’mirlashni ham ta’kidlash kerak. Masalan, 2013-yilda ishlab chiqarish aktivlarini boshqarish jarayonlarini joriy etish va avtomatlashtirish loyihasi amalga oshirilib, foydalanish va ta’mirlash xarajatlarini sezilarli darajada pasaytirishni ta’minladi. Uskuna va qurilmalarning tarixi va joriy holati to‘g‘risida o‘z vaqtida va to‘liq ma’lumot olish orqali uskunalarning holatini nazorat qilish tizimi, uskunalarning ekspluatatsiyasi va ta’mirlanishini to‘g‘ri bashorat qilish imkoniyati, reaktivdan profilaktik xizmat ko‘rsatishdan turiga o‘tish texnologik uskunalarni ishlatish va ta’mirlash xarajatlarini kamaytirishga imkon berdi.
Ammo LUKOYL raqamli texnologiyalarni qo‘llashda yutuqlarga erishishda to‘xtamaydi. Kompaniya boshqaruv samaradorligini oshirishda yangi mashinalarni o‘qitish texnologiyalari (Machine Learning) va katta ma’lumotlar tahlili (Big Data) yordamida halokatlar sonini kamaytiradigan va kompaniyaning ichki jarayonlarining samaradorligini oshiradigan bashoratli texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash mexanizmlarini amalga oshirish ustida ish olib bormoqda. Kelgusida bu nafaqat LUKOYL uchun, balki O‘zbekiston Respublikasi uchun ham ijobiy moliyaviy ta’sirini ta’minlaydi.
Yangi obyektlar foydalanishga topshirilganiga, ishlab chiqarish ko‘lami va ishlab chiqarish hajmining o‘sishiga, LUKOYL va pudratchi tashkilotlari jalb qilingan xodimlarining sonining ko‘payishiga qaramay, BAT uchun ajratiladigan xarajatlar kamayib bormoqda.
Ayniqsa diqqatga sazovor tomoni shundaki, Ernst & Young xalqaro kompaniyasining ekspertizasi natijalariga ko‘ra LUOK tomonidan BATni joriy etish sifati, usullari va hajmiga yuqori baho berildi, tizimga egalik qilishning arzonligi va uni ishga tushirishning iqtisodiy samaralari tasdiqlandi.
Boshqaruv axborot tizimlaridan foydalanish sarmoyadorlar va davlatning yirik sarmoyaviy loyihalar faoliyati – shaffoflik, tekshiruvchanlik, ishonchlilik kabi talablarini bajarilishini ta’minlaydi. Pirovardida, bu ish jarayonlarini avtomatlashtirish va LUKOYLning barqaror ishlashini ta’minlaydi.
LUKOYL kompaniyasi PR bo‘limi
Reklama huquqi asosida.