EVO Koreyaning ta’sischi kompaniyasi va yetakchi telekommunikatsiya kompaniyasi Koreya Telekom bilan hamkorlikda Toshkentdagi Ma’lumotlarga ishlov berish markazi (MIM) biznesiga qo‘shildi. EVO o‘zining kommunikatsiya infratuzilmasidan va O‘zbekistondagi sotish kanallarining imkoniyatlaridan foydalanadi, Koreya Telekom esa AKTning eng yaxshi jahon standarti imkoniyatlaridan foydalanib o‘zining ma’lumotlarga ishlov berish markazlarini qurish va ishlatish bo‘yicha tajribasini taqdim etadi.
O‘zbekistonda ishga tushiriladigan MIM (Ma’lumotlarga ishlov berish markazi) xizmatlari unchalik keng miqyosli emas, lekin uning maqsadi O‘zbekistonda o‘sishning katta salohiyatini tasdiqlash va ish tajribasi hamda imkoniyatlariga ega bo‘lishga yo‘naltirilgan. EVO bozordagi talabni oshirish uchun tabaqalashtirilgan xizmatlar ko‘rsatish maqsadida marketing strategiyasini ishlab chiqdi.
O‘zbekistonda ma’lumotlar bozorining yuqori darajada o‘sishi va hukumatning AKT sohasidagi tashabbuslariga asoslani, Koreya Telekom internet va ma’lumotlarga talab yanada o‘sishini taxmin qilmoqda. Koreya Telekom O‘zbekistonda katta istiqbolli eraning boshlanishi sifatida MIM biznesiga kirish to‘g‘risida strategik qaror qabul qildi.
EVO, YET, ularning KT ta’sis kompaniyasi va MIMga xizmat ko‘rsatishdan manfaatdor mijozlari (Xalqaro otel, ZELAL TEKSTIL, UzCaseMash, CNH Industrial, Dori-darmon, Kobea Group) tadbirda ishtirok etdi.
EVO’ning ta’sis kompaniyasi sifatida KT ham shuningdek KTning imkoniyatlarida aks ettirilgan EVO MIMning ustunliklari va farqli xususiyatlarini taqdim etdi. EVO MIMning potensial mijozi O‘zbekistondagi MIM xizmatlarining zamonaviy sifatidan bahramand bo‘lishi mumkin. EVO’ning O‘zbekistondagi potensial mijozlari va uning asosiy mijozlari O‘zaro hamfikrlik va hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum asosida MIM sohasida hamkorlik qilish majburiyatlarini o‘z zimmalariga oldilar.
Bundan tashqari, KTning biznesni global rivojlantirish bo‘yicha shtab-kvartirasi qayd qiladi: “Biz O‘zbekistonda e’lon qilgan bozorni jiddiy tekshirish vositasida MIM global biznesini asta-sekin kengaytirib boramiz, bu birinchi hodisa bo‘lib, u o‘z ichiga KT MIMning birinchi klass konstruksiyasi va mahalliy sho‘ba kompaniyasining telekommunikatsiya imkoniyatlaridan foydalanishni oladi”. Shuni ta’kidlash joizki, EVO’ning ma’lumotlar markazi respublikamizdagi yagona Tier 2 darajali ma’lumotlar markaziga ega oliy o‘quv yurti Toshkent shahridagi Inha universiteti bazasida ochilgan.
Veb-sayt: www.evo.uz
Murojaat uchun telefon: +998 (78) 148-00-00.
Reklama huquqi asosida.