Boliviyaning amaldagi prezidenti Evo Morales davlat rahbarining yangi saylovlarida qatnashmasligi lozim. Bu haqda uning asosiy raqibi muxolifatchi Karlos Mesa ma’lum qildi, deya xabar beradi “RIA Novosti”.
“Kelgusi saylovlarda Evo Morales va Alvaro Garsiya Linera tegishli ravishda prezident va vitse-prezidentlik lavozimlariga nomzod bo‘lmasligi kerak”, — ta’kidladi Mesa jurnalistlarga bergan intervyusida.
Mesa Morales iste’foga chiqmaguncha namoyishlarni davom ettirishga chaqirdi.
Ma’lumot uchun, Evo Morales 10-noyabr kuni mamlakatda 20-oktabrdan beri davom etayotgan ommaviy norozilik aksiyalari fonida yangi prezidentlik saylovlari o‘tkazilishini e’lon qilgandi.