Bugungi kunda har bir mamlakat sanoat ishlab chiqarishiga energiyaning muqobil manbalarini jalb qilgan holda bosqichma-bosqich, o‘z iqtisodiyotining energetik sig‘imini pasaytirishga, yoqilg‘i-energetika muvozanatini diversifikatsiyalashga erishmoqda. O‘zbekiston ham bu qatorda istisno emas, u ushbu umumjahon jarayonlarining bir qismidir.
Gaz tobora qadrli resursga aylanib bormoqda va mamlakatda qadam-baqadam ishlab chiqarishda yoqilg‘i sifatida tabiiy gazdan foydalanish darajasini pasaytirish jarayoni davom etmoqda. Gazdan yoqilg‘ining muqobil turlariga o‘tish bo‘yicha chora-tadbirlar mamlakatda bosqichma-bosqich joriy qilingandi.
2013-yilning 1-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Muqobil energiya manbalarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni, 2015-yil 5-may kuni – “2015 – 2019-yillarda iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada energiya sig‘imini qisqartirish, energiyani tejaydigan texnologiyalarni joriy etish chora-tadbirlari Dasturi to‘g‘risida”gi qarori, 2017-yil 26-may kuni esa “2017 – 2021-yillarda qayta tiklanuvchi energetikani yanada rivojlantirish, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada energiya samaradorligini oshirish chora-tadbirlari dasturi to‘g‘risida”gi qarori qabul qilingandi. Bu hujjatlarning barchasida respublikada energiyani muqobil manbalarini rivojlantirish, energiya sarfi hajmini qisqartirish, energiyani tejovchi texnologiyalarni joriy qilish bo‘yicha chora-tadbirlar aniq belgilab berilgan.
Bunday ishga misol sifatida Ceramic bricks MChJ QK ni ko‘rib chiqish mumkin – bu zamonaviy g‘isht zavodi bo‘lib, u yerda qurilish texnologiyalarining italiyalik, ispaniyalik va yaponiyalik ishlab chiqaruvchilaridan yuksak texnologiyali ishlab chiqarish liniyalari ishlatilmoqda.
G‘isht zavodining mahsuloti, korxona faoliyatini boshlagan davrdan beri 100% qattiq yoqilg‘i – ko‘mirdan foydalanib ishlab chiqarilmoqda. Shu tariqa korxona o‘z misolida ko‘mirni ishlatishga o‘tish ishlab chiqarish hajmlarini kamayishiga sabab bo‘la olmasligini, hatto yoqilg‘i xarajatlari amalda to‘rt marta qisqarishini isbotlamoqda. Bugunga kelib bu yerda yiliga 63 000 tonna sopol mahsulotlar chiqarilmoqda. Ceramic bricks zavodida ishlatiladigan texnologiya, jumladan, ko‘mirdan foydalanish texnologiyasi ham mutaxassislar tomonidan ayni shu g‘isht zavodining shart-sharoitlarini hisobga olinib ishlab chiqilgan.
Korxonada ishlatiladigan zamonaviy filtrlar va boshqa zarur uskunalar ekologik tavakkalchiliklarni minimallashtirish imkonini bersa, qo‘shni viloyatlarda joylashgan o‘z xomashyo bazasini mavjudligi esa ishlab chiqariladigan yakuniy mahsulotni arzonlashtiradi va ekologik toza hamda tabiiy xomashyo mahsulotining ko‘rsatkichi hisoblanadi.
Zavodda qo‘llanadigan texnologiya va uskunalarning miqyosi yetarli darajada keng. Bularning sirasiga sopol g‘isht va yirik o‘lchamli bloklarni qorishmasini tayyorlash va shakllantirish uchun uskuna, tunnelli quritgich va pechga jamlovchi qismlar, robotlashtirilgan va o‘ram uskunalari kiradi.
Sifatiga kelsak, zavod mutaxassislarining fikricha, u to‘liq avtomatlashtirilgan va robotlashtirilgan ishlab chiqarish jarayonining takomillashtirilishiga to‘lig‘icha bog‘liqdir. Bunda ishlab chiqarilgan mahsulotning har bir partiyasi belgilangan standartlarga muvofiqligi bo‘yicha ko‘p bosqichli tekshiruvdan o‘tadi.
Xususan, bugungi kunda bu yerda chiqarilayotgan sopol g‘isht va bloklar yuksak darajada shovqin, tovush va issiqlikni to‘sish darajasini ta’minlaydi, tabiiy xomashyo ishlatilgani yuksak ekologik tozalikni kafolatlaydi, g‘ovaklik esa materialni yotqizishda qulaylikni va yuksak tezlikni yaratadi.
Mahsulot ichki bozorda ishlatilmoqda va eksportga chiqarilmoqda. G‘isht zavodida 100 nafardan ortiq kishi ish joylari bilan ta’minlangan.
Ishlab chiqarilayotgan sopol mahsuloti g‘ishtning an’anaviy turlari bilan narx bo‘yicha raqobatbardosh ekanligi, shu bilan birga yuqoriroq issiqlik o‘tkazuvchanligi, shovqindan himoya va sifat (150 rusum) darajasiga egaligi tufayli ham xususiy uy va kottejlarni qurishda, ham ko‘p qavatli bino va turli inshootlarni barpo qilishda yuksak talabga egadir.
Korxona keyingi qadamlarini hisob-kitob qilmoqda, bugungi kunda muvaffaqiyatga erishishning zarur sharti ekanligini tushungan holda innovatsiyalar ustida ishlamoqda.
Reklama huquqi asosida.