Mudofaa vazirining buyrug‘i ko‘ra, Samarqand viloyati hokimi, Samarqand harbiy-ma’muriy sektori rahbari Erkinjon Turdimov vazirlikning III darajali “Namunali xizmatlari uchun” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi. Bu haqda “O‘zA” xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov Kattaqo‘rg‘on poligonini barpo etishda munosib hissa qo‘shgani uchun mazkur mukofotga loyiq topilgan.
Mukofotni Mudofaa vazirining birinchi o‘rinbosari, Qurolli Kuchlar bosh shtabi boshlig‘i general-mayor Pavel Ergashev topshirgan.
Izoh (0)