Davlat dumasi Rossiya dasturiy ta’minoti bo‘lmagan smartfon, kompyuter va aqlli televizorlarning sotuvini man etish haqidagi qonun loyihasini birinchi o‘qishda qabul qildi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.

Foto: “Izvestiya”

Qonun loyihasi mualliflariga ko‘ra, bunday me’yor xorijiy qurilmalarni xarid qilish chog‘ida Rossiya bozorini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan dasturlarga bir yo‘la ega bo‘lishi sababli iste’molchilarni o‘ziga jalb etadi.

Qurilmalarda o‘rnatilishi kerak bo‘lgan dasturiy ta’minot ro‘yxati Rossiya hukumati tomonidan belgilanishi qayd etilgan.