General Motors avtokonsernining uchinchi chorakdagi tushumi 35,5 milliard dollarni tashkil etdi. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 0,9 foizga kam, deya xabar beradi “Kommersant”.

Foto: General Motors

Kompaniya daromadi 2,3 milliard dollarga teng bo‘ldi. Bu ko‘rsatkich ham bir yil avvalgiga solishtirganda 8,7 foizga kam.

GM mutasaddilariga ko‘ra, uchinchi chorakda ishchi-xodimlar ish tashlashi tufayli 1 milliard dollar yo‘qotilgan. Ish tashlash 16-sentabrdan 25-oktabrgacha davom etdi va kompaniya tarixidagi oxirgi 50 yil ichida eng uzoqqa cho‘zilgani bo‘ldi.

Kompaniya tahlilchilari GM yil yakunlari bo‘yicha ish tashlash oqibatida 2,9 milliard dollarni boy berishi mumkinligini taxmin qilmoqda.