Futbol bo‘yicha Italiya A Seriyasining 9-turi doirasida 27-oktabr, yakshanba kuni 6 ta bellashuv bo‘lib o‘tdi.
Karlo Anchelotti qo‘l ostidagi “Napoli” safarda SPALga qarshi maydonga tushdi.
O‘yinning 9-daqiqasida neapolliklar hujumchisi Arkadiush Milik hisobni ochgan bo‘lsa, oradan 7 daqiqa o‘tib mezbon jamoa yarim himoyachisi Yasmin Kurtich hisobni tenglashtirdi.
Shu tariqa o‘yin 1:1 hisobida yakunlandi va tomonlar bir ochkodan bo‘lishib oldi.
Ma’lumot uchun, “Napoli” 17 ochko to‘plagan holda musobaqa jadvalida 4-o‘rinda bormoqda. SPAL esa 7 ochko bilan 19-o‘rinni egallab turibdi.
Turning markaziy uchrashuvida Paulu Fonseka boshqaruvidagi Rimning “Roma” klubi o‘z maydonida Stefano Pioli boshliq “Milan” bilan bahsga kirishdi.
To‘qnashuvning 38-daqiqasida Rim klubi hujumchisi Edin Jeko Janluka Manchini uzatgan to‘pni raqib darvozasiga joylab qo‘ygan bo‘lsa, 55-daqiqaga kelib “rossonerilar” himoyachisi Teo Ernandes hisobni tenglashtirdi (1:1). Oradan 3 daqiqa o‘tib italiyalik yarim himoyachi Nikolo Dzanyolo “Roma”ni hisobda oldinga olib chiqdi (2:1). Mazkur hisob o‘yin yakuniga qadar o‘zgarmadi va “Roma” o‘z uyida “Milan”ni kichik hisobda taslim etdi.
Qayd etish joiz, “Roma” ochkolari sonini 16 taga yetkazib oldi va musobaqa jadvalida 5-o‘ringa ko‘tarildi. “Milan” esa 10 ochko yig‘ib 12-pog‘onada bormoqda.
A Seriya
9-tur bahslari
27-oktabr, yakshanba
“Bolonya”—“Sampdoriya” 2:1
Gollar: 1:0 — 48 Palasio, 1:1 — 64 Gabbyadini, 2:1 — 78 Bani“Atalanta”—“Udineze” 7:1
Gollar: 0:1 — 11 Okaka Chuka, 1:1 — 21 Ilichich, 2:1 — 35, penalti Muriel, 3:1 — 43 Ilichich, 4:1 — 47 Muriel, 5:1 — 52 Pashalich, 6:1 — 75, penalti Muriel, 7:1 — 83 TraoreSPAL—“Napoli” 1:1
Gollar: 0:1 — 9 Milik, 1:1 — 16 Kurtich“Torino”—“Kalyari” 1:1
Gollar: 0:1 — 40 Nandes, 1:1 — 69 Zaza“Roma”—“Milan” 2:1
Gollar: 1:0 — 38 Jeko, 1:1 — 55 Teo, 2:1 — 58 DzanyoloYanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)