27-oktabr, yakshanba kuni Markaziy harbiy okrugiga qarashli Samarqand, Jizzax hamda Navoiy garnizonidagi Safarbarlik chaqiruvi rezervi batalyonlarida 27 o‘quv kuni davomida xizmat qilgan 1000 nafardan ziyod chaqiriluvchilarga harbiy guvohnomalar topshirildi. Bu haqda “Daryo”ga Markaziy harbiy orkug matbuot xizmati ma’lum qildi.
Samarqand garnizonida o‘tkazilgan tantanali tadbirda okrug qo‘mondonligi, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, mehnat faxriylari, nafaqadagi harbiylar hamda chaqiriluvchilarning ota-onalari va yaqinlari ishtirok etdi. Jizzax, Navoiy va Samarqand viloyatlaridagi SChR batalyonlarida 1000 nafardan ziyod askarlarga harbiy guvohnomalar topshirildi.
Izoh (0)