Futbol bo‘yicha Germaniya Bundesligasining 9-turi doirasida 26-oktabr, shanba kuni 5 ta o‘yin yakunlandi.
Niko Kovach qo‘l ostidagi Myunxenning “Bavariya” klubi “Alyans Arena” stadionida “Union Berlin”ni sinovdan o‘tkazdi.
Bellashuv davomida “qizillar” a’zolari Benjamen Pavar (13) va Robert Levandovski (53) urgan gollarga mehmonlar germaniyalik hujumchi Sebastyan Polterning 86-daqiqada penaltidan urgan goli bilan javob qaytardi.
Shu tariqa “Bavariya” o‘z maydonida kechgan bahsda “Union Berlin”ni 2:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, muhim 3 ochkoga ega bo‘ldi.
Ushbu g‘alabadan so‘ng myunxenliklarning ochkosi 18 taga yetdi va jamoa musobaqa jadvalida peshqadamga aylandi. 15-o‘rinda borayotgan “Union Berlin” hisobida esa 7 ochko mavjud.
Shu kuni Lyusyen Favr boshqaruvidagi Dortmundning “Borussiya” klubi mehmonda “Shalke-04”ga bilan o‘ynadi.
O‘yinda darvozalar daxlsizligi saqlanib qolindi va jamoalar bir ochkodan bo‘lishib oldi.
Ma’lumot uchun, “arilar” 16 ochko jamg‘argan holda 3-o‘rinni band qilib turibdi. “Shalke-04” esa 15 ochko to‘plab 7-o‘rindan joy olgan.
Bundesliga
9-tur bahslari
26-oktabr, shanba
“Bavariya”—“Union Berlin” 2:1
Gollar: 1:0 — 13 Pavar, 2:0 — 53 Levandovski, 2:1 — 86, penalti Polter“Herta”—“Hoffenhaym” 2:3
Gollar: 0:1 — 33 Lokadiya, 0:2 — Kramarich, 1:2 — 55 Lukebakio, 2:2 — 69 Kalu, 2:3 — 79 Xyubner“Frayburg”—“Leypsig” 2:1
Gollar: 1:0 — 45 Xefler, 2:0 — 90 Petersen, 2:1 — 90 Klostermann“Shalke-04”—“Borussiya D” 0:0
“Paderborn”—“Fortuna D” 2:0
Gollar: 1:0 — 43 Sabiri, 2:0 — 64 ShonlauYanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)