O‘zbekistonning birinchi xonimi Ziroat Mirziyoyeva qizi Shahnoza Mirziyoyeva bilan Xiva shahriga safar qildi. Bu haqda Shahnoza Mirziyoyeva o‘zining Instagram’dagi sahifasida ma’lum qildi.

Foto: Instagram

Mamlakat birinchi xonimi qizi bilan Xivadagi Ichan qal’a me’moriy majmuasida mehmon bo‘lib, tarixiy yodgorlik bilan tanishgan, bozor rastalarini ko‘zdan kechirgan.

Foto: Instagram

“Ikki sahro, Qizilqum va Qoraqum orasida joylashgan Xiva shahri – azaldan hayot qaynagan voha durdonasi”, — deb yozgan u o‘z sahifasida.

Foto: Instagram

“Bu yerdagi zamonaviylik va tarix uyg‘unligi so‘z bilan ifoda etib bo‘lmas muhitni yaratadi. Xivada har qadamda islom me’morchiligining eng yorqin namunalarini uchratish mumkin. Ushbu shamolli shaharda qadimiylik ruhini sezish, yurtimiz boy tarixi naqadar ulug‘vor ekanini his etish, me’moriy obidalar chiroyidan zavqlanish mumkin.

Foto: Instagram

Xiva havosi kishini maftun qiladi, o‘ziga rom etadi… O‘zbekiston tarixi meni doim qiziqtirib kelgan. Xiva xonligi haqida ko‘p o‘qiganman, lekin Xivaning o‘zida bo‘libgina mamlakatimiz o‘z tarixi bilan naqadar boy va buyuk ekanini to‘liq angladim!” — deya o‘z taassurotlarini yozib qoldirgan Shahnoza Mirziyoyeva.

Foto: Instagram

Foto: Instagram

Foto: Instagram

Foto: Instagram

Foto: Instagram