Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning birinchi keng ko‘lamli matbuot anjumani 14 soat davom etdi. 300 nafar jurnalist ishtirok etgan anjumanda Zelenskiy 500 dan ortiq savollarga javob qaytardi, deb xabar beradi “Kommersant”.

Foto: “Korrespondent.net”

“Barchasiga javob berdim. Ayrim savollarga ular xohlagandek bo‘lmasa ham, ochiq va samimiy javob qaytardim. To‘g‘risini aytaman — charchadim”, — deb yozadi Zelenskiy o‘zining Facebook’dagi sahifasiga.

Press-marafon 10-oktabr kuni Kyiv Food Market fudkortida o‘tkazildi. Rejaga ko‘ra, har biri o‘n nafar jurnalistdan iborat guruh 20 yoki 30 daqiqada almashib kirishi kerak bo‘lgan, biroq birinchi guruh belgilagan vaqtdan uzoq qolib ketgan. Matbuot anjumani davomida Zelenskiy AQSh bilan munosabatlarini mustahkamlash niyatini, Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashishga tayyor ekanligini bildirgan.