6-oktabr, yakshanba kuni Toshkentning Olmazor tumanida yuz bergan yo‘l-transport hodisasi natijasida 23 yoshli yigit halok bo‘ldi, deb xabar beradi Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi matbuot xizmati.
Ma’lum qilinishicha, YTH soat 1:40 da Farobiy ko‘chasida sodir bo‘lgan. Nexia-3 avtomobilini boshqargan 23 yoshli M.M. ko‘chani yorituvchi metall ustun bilan to‘qnashib, og‘ir tan jarohatlari olgan. M.M. voqea joyida hayotdan ko‘z yumgan.
YTHning taxminiy sababi sifatida haydovchi tezlikni oshirib, boshqaruvni yo‘qotgani aytilmoqda.
Izoh (0)