Qoraqalpog‘istonda 11 dona baliq ovlagan baliqchi 3,5 mln so‘m jarimaga tortildi, deb xabar bermoqda Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi jamoatchilik va OAV bilan ishlash bo‘limi.
Qo‘mita inspektorlari Sho‘manay tumani hududidan oqib o‘tuvchi suvdan noqonuniy baliq ovlayotgan brakonyerlarni qo‘lga olgan.
Ma’lum bo‘lishicha, fuqaro T.J. 6 dona sazan, 4 dona oq amur hamda 1 dona tolstolobik balig‘ini noqonuniy ovlab, hayvonot olamiga 3 million 568 ming so‘m ziyon yetkazgan. Hozirda to‘plangan hujjatlar Sho‘manay tumani Ma’muriy ishlar sudiga taqdim qilingan.
Avvalroq Mo‘ynoqda 13 jayronni o‘ldirgan brakoyerlar hayvonot dunyosiga 145 mln so‘m zarar yetkazgani haqida xabar berilgandi.
Izoh (0)