Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Majburiy ijro byurosi Samarqand viloyat boshqarmasi va Urgut tuman bo‘limi “Suvoqova” DUK Urgut filialidagi noqonuniyliklarni aniqladi, deb “Daryo”ga ma’lum qiladi byuro matbuot xizmati.

Ma’lum qilinishicha, Urgut tumani, “Vatak”, “Mergancha”, “Algar”, “Quyi Tegana” va “Do‘stlik” mahallalarida joylashgan suv artezanlaridagi suv inshootlariga o‘rnatilgan elektr hisoblagichlar nosoz holga kelgan.

Shuningdek, elektr hisoblagichlar elektr ta’minoti korxonasi elektron bazasiga kiritilmagani oqibatida, 174 million 483 ming so‘m zarar yetkazgan.

“Suvoqova” DUK tuman filiali aprel oyi uchun 32 million 345 ming so‘mlik, may oyi uchun 32 million 260 ming so‘mlik, iyun oyi uchun 30 million 359 ming so‘mlik, iyul oyi uchun 57 million 819 ming so‘mlik elektr energiya iste’moli to‘g‘risida ma’lumot berilgan.

Aslida esa “Suvoqova” DUK filial mansabdor shaxslari tomonidan 2019-yil davomida tuman elektr ta’minoti korxonasiga taqdim etilgan hisobotlarda jami 256 million 158 ming so‘m miqidordagi elektr energiyasi iste’moli yashirilib, noto‘g‘ri hisobot taqdim qilingani aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan byuro Urgut tuman bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 207-moddasi 1-qismi va 209-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Irlandiyadagi qamoqxonada “buyuk qochish”, sakkiz soatli ish rejimini qo‘llagan Genri Ford va qon quyish bo‘yicha birinchi muvaffaqiyatli amaliyot. Kun xronologiya...
Mahalliy
“Afg‘oniston iqtisodiyotini tiklash xalqaro hamjamiyatning umumiy ustuvor yo‘nalishi bo‘lishi kerak” — Vladimir Norov
Mahalliy
Foto: Dubay—Namangan—Dubay yo‘nalishida muntazam aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yildi