Android tizimida ishlaydigan smartfonlarda Google Play’dagi barcha obunalarni bekor qilish funksiyasi paydo bo‘ldi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Ta’kidlanishicha, mazkur funksiya sinov rejimida bo‘lgan barcha dasturlarni bir vaqtning o‘zida o‘chirish, “istaklar ro‘yxatini” tozalash, yangi dasturlar va o‘yinlar chiqqani haqidagi xabarlarni o‘chirib qo‘yish imkonini beradi.
Mavzuga doir: Yilning eng yaxshi smartfoni aniqlandi
Qayd etilishicha, mazkur funksiya gajetlar ishida yuzaga keladigan nosozlikarning sabablari noma’lum bo‘lsa, ularni bartaraf etish imkonini beradi.