Oliy Majlis Senatining Reglament va odob komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda Farg‘ona viloyati hokimi, senator Shuhrat G‘aniyevning ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan audiosi – soqol, ro‘mol va ish joylarida namozga qarshi chiqib, bunga bo‘ysunmaganlarni qamash bilan tahdid qilgani muhokama qilingan. Bu haqda “Daryo” muxbiri Musulmonbek Ibrohimov xabar berdi.
Senat komissiyasi yig‘ilishida Tanzila Norboyeva Shuhrat G‘aniyevni tanqid qilib, unga qat’iy ogohlantirish bergan.
Men har qanday jazoga tayyorman, “o‘tinib-o‘tinib” kechirim so‘rayman! Mening avlodim, ota-onam milliy liboslar kiyadi.Avvalroq Farg‘ona viloyati hokimi soqol, ro‘mol va ish joylarida namozga qarshi chiqib, bunga bo‘ysunmaganlarni qamash bilan tahdid qilgani yozilgan audio tarqalgan edi. Shuningdek, Farg‘ona viloyati hokimi selektor davomida turk investorining soqolini olishni buyurib, kimlar deputat bo‘lishini ochiqlagan, viloyatdagi ish joylarida namoz o‘qishga sharoit yaratiladigan holatlar aniqlansa, o‘sha korxona rahbariga jinoyat ishi ochilishini ma’lum qilgandi.O‘zim ham uyimda milliy libos kiyaman. Men aybdorman. Aybimni tan olaman. Ming bor uzr!
Shuhrat G‘aniyev, Farg‘ona viloyati hokimi
Farg‘ona viloyati hokimligi matbuot xizmati Shuhrat G‘aniyevning tarqalgan audiosi bo‘yicha rasmiy bayonot berib, hokimning so‘zlari noto‘g‘ri talqin qilinganligini bildirgan edi.
Mavzuga doir:
- Farg‘ona viloyati hokimi soqol, ro‘mol va ish joylarida namozga qarshi chiqib, bunga bo‘ysunmaganlarni qamash bilan tahdid qildi (audio)
- Rasmiy bayonot: Farg‘ona viloyati hokimligi Shuhrat G‘aniyevning so‘zlari noto‘g‘ri talqin qilinganligini bildirdi
- Farg‘ona viloyati hokimi Shuhrat G‘aniyevning masalasi Senatda ko‘rilishi kutilmoqda
- Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz G‘aniyev haydab yuborgan bemor va ro‘molli ayol bilan bog‘liq masalalarni hal qilolmasligini bildirdi
Izoh (0)