Navoiy viloyati Karmana tumanining Jaloyir, Narpay hamda Malikrabot hududlarida ichki ishlar bo‘limlari tashkil etildi. Bu haqda Navoiy viloyati IIB matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, ichki ishlar bo‘limi binolarini qurish uchun viloyat hokimligi tomonidan 3 milliard 200 million so‘m sarflangan hamda bo‘limlarga xizmat avtomashinalari topshirilgan.
Karmana tumani IIB boshlig‘i Eshqobil Dusanovning aytishicha, bo‘limda jinoyat qidiruv, tergov hamda profilaktika xizmati xodimlari tun-u kun fuqarolarni qabul qiladi.
Izoh (0)