O‘zbekistonning Qozon shahridagi (Rossiya) Bosh konsulxonasi ma’lumotlarga ko‘ra, 27-sentabr kuni M5-Ural avtomobil yo‘lida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida 5 nafar O‘zbekiston fuqarosi jabrlangan. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, jabrlanganlar turli xil jarohatlar bilan Nijniy Lomov tumanlararo kasalxonasiga yotqizilgan. Kasalxona vakilining so‘zlariga ko‘ra, tibbiy yordam ko‘rsatilganidan keyin ularning ahvoli barqarorlashgan.
Bosh konsulxona vaziyatni nazoratga olgan. Konsullik-huquqiy departamenti Rossiyaning Volgabo‘yi federal okrugi (Boshqirdiston Respublikasi, Kirov viloyati, Mariy El Respublikasi, Mordoviya Respublikasi, Nijniy novgorod viloyati, Orenburg viloyati, Penza viloyati, Perm o‘lkasi, Samara viloyati, Saratov viloyati, Tatariston Respublikasi, Udmurtiya Respublikasi, Ulyanov viloyati, Chuvashiya Respublikasi) hududida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolariga ular zarurat tug‘ilgan holatlarda mamlakatning Qozon shahridagi Bosh konsulxonasiga quyidagi telefon orqali murojaat qilishlari mumkinligini eslatib o‘tgan: +7-967-772-66-00.
https://www.youtube.com/watch?v=EGPuY5dfN10
Izoh (0)