“Arsenal” klubining sobiq hujumchisi Emmanuel Adebayor “Paxtakor”ga o‘tishi mumkin edi. Bu haqda “sherlar” bosh murabbiyi Shota Arveladze Alter Ego dasturiga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Foto: Yandex Photos

“Biz Adebayorni olib kelishga yaqin edik. Biroq uning uchun kurashda turk klubi yutib chiqdi.

Hozir darvozabon yoki himoyachi olib kelishning keragi yo‘q. Menga qolsa “Paxtakor”ga kuchli hujumchi olib kelgan bo‘lardim. Masalan: Robert Levandovski, Antuan Grizmann yoki Zlatan Ibrahimovich”, — deydi mutaxassis.

Ma’lumot uchun, Adebayor faoliyati mobaynida “Monako”, “Manchester Siti”, “Real Madrid” va “Tottenhem” jamoalarida ham to‘p surgan. 35 yoshli futbolchi 2019-yilning yozida “Istanbul Bashakshehir” klubidan “Kayserispor”ga o‘tgandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!