Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin yuqori malakali mutaxassislarning Rossiya fuqaroligini olish tizimini soddalashtirish to‘g‘risida farmonni imzoladi, deb xabar bermoqda “Aziya-Plyus” Telegram kanali.
Farmonga ko‘ra, endi xorijlik yuqori malakali mutaxassislar Rossiya fuqaroligini olishi uchun ularning mehnat staji 3 yil emas 1 yil deb belgilandi. O‘zgarishlar maxsus ro‘yxatga kiritilgan sohalarda faoliyat yuritayotgan mutaxassislarga nisbatan qo‘llaniladi.
Taxminlarga ko‘ra, asosiy e’tibor shifokorlar, farmasevtlar, matematik-muhandislar va boshqa soha vakillariga qaratiladi. Ushbu sohalar vakillari uchun Rossiya fuqaroligi pasporti mamlakatda yashagan vaqtiga jiddiy e’tibor qaratmasdan soddalashtirilgan usulda beriladi.
2019-yilning oxirgi olti oyida Rossiya Federatsiyasiga 15 milliondan ortiq xorij fuqarolari kelgan va ularning 2,4 millioni ishga joylashishni rejalashtirmoqda. Ular orasida qanchasi yuqori malakali mutaxassislar ekani aniqlashtirilmagan, deyiladi xabarda.