AQSh prezidenti Donald Tramp o‘zining KXDR yetakchisi Kim Chen In bilan munosabatlari yaxshi ekani, ammo Shimoliy Koreyaga safar qilishga hali tayyor emasligini ma’lum qildi. Bu haqda “Kommersant” nashri xabar berdi.

Foto: Forbes

Avvalroq Janubiy Koreyaning “Choson ilbo” gazetasi Trampning Shimoliy Koreya yetakchisi tomonidan mamlakatga taklif etilganini xabar qilgandi.

Jurnalistlarning Pxenyanga rasmiy tashrif yuzasidan bergan savoliga AQSh prezidenti: “Katta ehtimol bilan yo‘q”, — deya javob qaytargan.

AQSh hamda KXDR rahbarlari avval ikki marta uchrashdi. Ular o‘rtasidagi ikkinchi uchrashuv Shimoliy va Janubiy Koreya orasidagi qurolsizlantirilgan hududda bo‘lib o‘tgan. Sentabrda KXDR tomoni AQSh bilan muzokaralarga tayyorligini bildirgandi.