15-sentabr, yakshanba kuni futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 19-turi doirasida so‘nggi 2 ta o‘yin o‘z nihoyasiga yetdi.
Shota Arveladze qo‘l ostidagi Toshkentning “Paxtakor” klubi safarda Namanganning “Navbahor” jamoasi bilan bahsga kirishdi.
Uchrashuvdagi yagona gol 27-daqiqada urildi. Unga “sherlar” yarim himoyachisi Dostonbek Hamdamov mualliflik qildi.
Natijada “Paxtakor” Namanganda “Navbahor” ustidan 1:0 hisobida ustun keldi va navbatdagi 3 ochkoga ega bo‘ldi.
Mazkur g‘alabadan so‘ng musobaqa jadvalida yetakchilik qilayotgan “Paxtakor” ochkolari sonini 53 taga yetkazib oldi. “Navbahor” esa 25 ochko bilan 7-pog‘onada bormoqda.
Shu kuni Samvel Babayan boshchiligidagi Toshkentning “Lokomotiv” klubi o‘z maydonida Bekobodning “Metallurg”ini qabul qildi.
Bellashuvning 41-daqiqasida “temiryo‘lchilar” himoyachisi Islom To‘xtaxo‘jayev hisobni ochgan bo‘lsa, 64-daqiqaga kelib mehmon jamoa yarim himoyachisi Islombek Isoqjonov hisobni tenglashtirdi.
Shu tariqa toshkentliklar o‘z uyida “Metallurg” bilan 1:1 hisobidagi durangga imzo chekdi.
Ma’lumot uchun, “Lokomotiv” 36 ochko jamg‘argan holda musobaqa jadvalida 2-o‘rinda borayapti. “Metallurg” esa 24 ochko bilan 8-o‘rinni band qilib turibdi.
Superliga
19-tur bahslari
15-sentabr, yakshanba
“Navbahor”—“Paxtakor” 0:1
Gol: 0:1 — 27 Dostonbek Hamdamov“Lokomotiv”—“Metallurg” 1:1
Gollar: 1:0 — 41 Islom To‘xtaxo‘jayev, 1:1 — 64 Islombek IsoqjonovYanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)