14-sentabr, shanba kuni futbol bo‘yicha Ispaniya chempionatining 4-turi doirasida Zinedin Zidan qo‘l ostidagi Madridning “Real” klubi “Santyago Bernabeu” stadionida “Levante”ni qabul qildi.
Uchrashuv davomida “Qirollik klubi” vakillari Karim Benzema (25, 31) hamda Kazemiro (40) tomonidan urilgan gollarga mehmon jamoa Borxa Mayoral (49) va Gonsalo Meleroning (75) gollari bilan javob qaytardi.
Shu tariqa madridliklar o‘z maydonida kechgan bahsda “Levante”ni 3:2 hisobida mag‘lubiyatga uchratib muhim g‘alabaga erishdi.
Mazkur g‘alabadan so‘ng Zidan shogirdlari ochkolari sonini 8 taga yetkazib, musobaqa jadvalida 2-pog‘onani egallab turibdi. “Levante” esa 6 ochko bilan 5-o‘rindan joy olgan.
La Liga
4-tur bahslari
13-sentabr, juma
“Malyorka”—“Atletik” 0:0
14-sentabr, shanba“Real”—“Levante” 3:2
Gollar: 1:0 — 25 Benzema, 2:0 — 31 Benzema, 3:0 — 40 Kazemiro, 3:1 — 49 Mayoral, 3:2 — 75 Melero“Real Madrid”: Kurtua, Varan, Marselo, Karvaxal, Ramos (Militao, 60), Vaskes, Kazemiro (Azar, 60), Kroos, Xames, Vinisius Junior, Benzema (Yovich, 83)
“Levante”: Fernandes, Duarte (Melero, 68), Vezu, Klerk, Miramon, Rochina (Roxer Marti, 68), Kampanya, Vukchevich (Bardi, 56), Postigo, Mayoral, Morales
Ogohlantirishlar: Kazemiro (28), Vaskes (40), Vezu (80), Klerk (90)
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)