Davomi: Foto: Angrendagi temiryo‘l kesishmasida yuz bergan dahshatli YTH, Angrendagi YTH bo‘yicha ilk rasmiy axborot: Ikki kishi halok bo‘lgan, to‘rt kishi kasalxonaga yotqizilgan
Ma’lumotlarga ko‘ra, temiryo‘l kesishmasida avtobus va poyezd vagoni to‘qnashib ketgan. Guvohlarning ma’lumot berishicha, yo‘l-transport hodisasida kamida ikki avtobus va bitta Damas qatnashgan.
Ayni vaqtda “Toshkent — Farg‘ona” yo‘li Angren shahriga yetmasdan yopilgan, YPX xodimlari avtomobillarni Nurobod, Ilg‘or, Qo‘shsoy qishloqlaridan o‘tadigan aylanma yo‘lga yo‘naltirmoqda.
Tegishli vakolatli organlar yuz bergan hodisa yuzasidan yaqin vaqt ichida rasmiy axborot berishi kutilmoqda.