Angren shahrida 10-sentabr kuni tong soat 4:00 atrofida yuk mashinasi yuk poyezdining vagoniga borib urilishi oqibatida YTH yuz bergan, oqibatda vagon relsdan chiqib ketib, qarama-qarshi yo‘nalishda kelayotgan Damas’ni bosib qolgan edi.

Damas‘da bo‘lgan besh kishining ikki nafari — N.A. va A.X. voqea joyida halok bo‘lgan. Sog‘liqni saqlash vazirligidan “Daryo”ga ma’lum qilishlaricha, Damas‘dagi qolgan uch nafar fuqaro, shuningdek, yuk mashinasining haydovchisi Angren shahar tibbiyot birlashmasi shoshilinch tibbiy yordam bo‘limiga olib kelingan hamda zudlik bilan tibbiy tekshiruvlardan o‘tkazilib, birlamchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Foto: “Daryo”

Jarohatlanganganlar —

  • 22 yoshli F.Yu. “Bosh miya yopiq jarohati, miya chayqalishi, yuz yumshoq to‘qima jarohati hamda ko‘krak qafasi yumshoq to‘qima jarohati”,
  • 24 yoshli A.N. “Bosh miya yopiq jarohati, miya chayqalishi, yuz yumshoq to‘qima jarohati, ko‘krak qafasi yumshoq to‘qima jarohati”,
  • 30 yoshli A.N. “Bosh miya yopiq jarohati, miya chayqalishi, chap ko‘z yumshoq to‘qima jarohati, o‘ng tizza yopiq jarohati. o‘ng oyoq uchinchi barmoqning chiqishi, ko‘krak qafasi yumshoq to‘qima jarohati”,
  • 51 yoshli X.M. esa “Bosh miya yopiq jarohati, miya chayqalishi, pastki jag‘ning yopiq sinishi, yuzning o‘ng sohasi va peshona sohasining lat yeyishi, yuqori lab lat yeyishi va yirtilishi” tashxislari bilan

davo muolajalari olayapti.

Foto: “Daryo”

“Ularning ahvoli Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan doimiy nazoratga olingan. Vazirlik tomonidan safarbar qilingan malakali mutaxassislar jarohatlanganlar hayoti uchun kurashmoqda”, — deyiladi vazirlikning Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi axborotida.