Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon 9-sentabr, mamlakat mustaqilligining 28 yilligi nishonlangan kuni Rog‘un gidroelektrstansiyasining ikkinchi agregati ishiga start berdi.
Agregat sinov tariqasida joriy yilning iyun oyida ishga tushirilgandi.
Mamlakat moliya vazirligiga ko‘ra, Rog‘un gidroelektrstansiyasi qurilishiga joriy yil davlat budjetidan 2,1 milliard somoni (222,6 million AQSh dollari) ajratilgan.
Ma’lumot uchun, Rog‘un GESning birinchi agregati 2018-yil 16-noyabrda ishga tushirilgandi.