1-sentabr, yakshanba kuni futbol bo‘yicha Angliya Premyer ligasining 4-turi doirasida so‘nggi 2 ta uchrashuv yakuniga yetdi.
Turning markaziy o‘yinida Unai Emeri qo‘l ostidagi Londonning “Arsenal” klubi “Emireyts” stadionida Maurisio Pochettino boshliq Londonning boshqa bir jamoasi “Tottenhem”ni qabul qildi.
Bellashuv davomida “shporlar” vakillari Kristian Eriksen (10) hamda Harri Keyn (40, penalti) tomonidan urilgan gollarga maydon egalari Aleksandr Lyakazett (45) va Pyer-Emerik Obameyangning (71) gollari bilan javob qaytardi.
Shu tariqa o‘yin 2:2 hisobida o‘z nihoyasiga yetdi va tomonlar bir ochkodan bo‘lishib oldi.
Mazkur turdan so‘ng “to‘pchilar” ochkolari sonini 7 taga yetkazib, musobaqa jadvalida 5-o‘rinni egallab turibdi. “Tottenhem” esa 5 ochko bilan 9-o‘rindan joy oldi.
4-tur yakuniga ko‘ra musobaqa jadvalidagi holat:
APL
4-tur bahslari
1-sentabr, yakshanba
“Everton”—“Vulverhempton” 3:2
Gollar: 1:0 — 5 Risharlison, 1:1 — 9 Saiss, 2:1 — 12 Ivobi, 2:2 — 75 Himenes, 3:2 — 80 Risharlison“Arsenal”—“Tottenhem” 2:2
Gollar: 0:1 — 10 Eriksen, 0:2 — 40, penalti Keyn, 1:2 — 45 Lyakazett, 2:2 — 71 Obameyang“Arsenal”: Leno, Kolashinats, Papastatopulos, David Luiz, Meytlend-Naylz, Torreyra (Sebalyos, 63), Gunduzi, Jaka, Pepe, Lyakazett (Mxitaryan, 67), Obameyang
“Tottenhem”: Lyoris, Rouz, Alderveyreld, Sanches, Vertongen, Eriksen, Uinks, Sissoko, Lamela (Alli, 60), Son Hyon Min (Lo Chelso, 79), Keyn
Ogohlantirishlar: Rouz (28), Lamela (32), Eriksen (57), Lyakazett (63), Uinks (74), Sanches (78), Papastatopulos (87), Jaka (90)
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)