Murad buildings va O‘zguven tomonidan tashkil etilgan matbuot anjumanida ma’lum qilinishicha, 2019-yilning 14-sentabridan Tashkent city hududida Nest one nomli O‘zbekistondagi eng baland va ko‘p funksiyali bino qurilishi boshlanadi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Ushbu inshootda turar joylar, ofislar, restoranlar, konferensiya zallari, ko‘ngilochar maskanlar, kinoteatr, basseyn, kutubxona, kovorking markazi va sport xonalari bo‘ladi. “Shahar bo‘ylab maydoni 3000 kvadrat metrli xonadonlar” degan yozuvli bilbordlarni ko‘pchilik ko‘rgani aniq.
Mazkur binoda ayni shunday xonadonlar bo‘ladi. Inshoot uchun 1,5 gektar hudud ajratilgan va qurilish ishlari 2021-yilning dekabrida yakunlanishi rejalashtirilgan.
Bunyodkorlarning so‘zlariga ko‘ra, binoda 5 yulduzli mehmonxona darajasidagi qulayliklar yaratiladi.
Izoh (0)